AsosiyJamiyat

O`zbekistonning iqtidorli yoshlari uchun "Yangi O`zbekiston" universitetida grantlar taqdim etiladi!

'O`zbekistonning iqtidorli yoshlari  uchun  "Yangi O`zbekiston" universitetida grantlar taqdim etiladi!'ning rasmi

️Sizda "Yangi  O`zbekiston" universiteti talabasi bo`lish va ushbu grantlarni qo`lga kiritish imkoniyati mavjud.  

”Yangi O`zbekiston” universiteti yo`nalishlari va qabul kvotasi:

  • ️Mexanika muhandisligi (100 o`rin);

 

  • ️Kimyo muhandisligi (100 o`rin);

 

  • ️Dasturiy ta`minot muhandisligi (100 o`rin).

 

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 

  • pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);

 

  • umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

 

  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);

 

  • Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

 

 ”Yangi O`zbekiston” universitetiga qabul  joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etishi eslatilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar