1

Rossiyada baxtsiz hodisaga uchragan va majburiy mehnatga jalb qilingan o`zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Jamiyat 04.08.2021, 17:56
Teglar: Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi
Rossiyada baxtsiz hodisaga uchragan va majburiy mehnatga jalb qilingan o`zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Joriy yilning aprel oyida Andijondan L.K. turmush o`rtog`i K.K. bilan birgalikda Rossiyaning Samara shahridagi issiqxonada ishlash maqsadida ketgan.  Ish jarayonida ish beruvchi tomonidan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasportlari) olib qo`yilib, 3 oydan ortiq muddatda majburiy mehnatga jalb qilingan.

Yurtdoshlarimizning murojaatiga asosan tezkor tartibda mahalliy ichki ishlar idoralari jalb qilinib, ularning pasportlari olib berildi va vaqtincha yashash uchun xostelga joylashtirildi.

Bundan tashqari, fuqaro U.D. joriy yilning may oyida Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida kelib, avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish sohasida ishlash jarayonida baxtsiz hodisaga uchrab, shifoxonaga joylashtirilgan. Shifokorlarning tibbiy muolajasi natijasida chap qo`li panjalari amputasiya qilingan va mehnatga layoqatsiz bo`lib qolgan.

Shuningdek, yana bir andijonlik Q.K. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sabab Rossiyaga joriy yilning may oyida ishlash maqsadida ketgan. Dastlab Moskva shahriga borib, ish topolmagach Samara shahriga borgan. Samarada ham ish topolmay Magadan shahriga ketgan. Fuqaro pandemiya davrida ish topolmaganligi, koronavirus kasaligini yuqtirib olganligi sababli ruhiy tushkunlikka va murakkab moliyaviy ahvolga tushib qoladi.

Yuqoridagi fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan bugun, 4 avgust kuni Qozon-Toshkent, Novosibirsk-Toshkent, Magadan-Novosibirsk-Toshkent yo`nalishida O`zbekistonga qaytarildi.

Sharhlar

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreyada ishlash uchun imtihon topshirayotganlarni ogohlantirmoqda

21.06.2022, 15:14

Shu kunlarda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida EPS-Topik test imtihonlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi...
Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga ajoyib yangilik e`lon qilindi

18.01.2022, 23:50

Rossiya Federasiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari...
O`zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga jalb qilish bo`yicha memorandum imzolandi

10.11.2021, 18:17

Bugun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i X.Umarov, Slovakiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda...
22 nafar fuqaro Moskvaga ishlash uchun jo`nab ketdi

09.11.2021, 18:21

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining “Standart+” va “Nove lyudi” korxonalari bilan bo`sh ish o`rinlariga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan.Ushbu kelishuvga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1