AsosiyJamiyat

O`zbek – AQSh olimlari hamkorlikda yangi paxta navlari liniyasini yaratdilar

'O`zbek – AQSh olimlari hamkorlikda yangi paxta navlari liniyasini yaratdilar'ning rasmi

AQSh Qishloq xo`jaligi departamenti, Kaliforniya universiteti va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan fuzarioz viltga yuqori chidamli PSSJ-FRP01, PSSJ-FRP02 va PSSJ- FRP03 ingichka tolali g`o`zaning uch liniyasi yaratildi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi "Darakchi.uz"ga ma`lumot berdi. 

Mazkur yangi g`o`za liniyasi seleksionerlar va paxta etishtiruvchilar uchun ingichka tolali g`o`zaning fuzarioz viltga (FOV4) qarshi chidamliligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, bu o`z navbatida dalalarda hosil nobud bo`lishining salmoqli darajada kamayishiga olib keladi. Shuningdek, bu O`zbekiston va AQShda ingichka tolali paxta ishlab chiqarishning istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, ingichka tolali paxtaning genetik bazasining kengaytiradi.

Ingichka tolali paxta yigiruv sifati bilan ajralib turadi – tolasi ingichka, mustahkam va uzun bo`lgani bois narxi ham baland bo`ladi. Undan tayyorlangan ip pishiq, matolarning sifati esa yuqoriligi diqqatga sazovordir.

Ta`kidlash joizki, Fusarium oxysporum f. sp. Vasinfectum (FOV) zamburug`i chaqiradigan fuzarioz vilt kasalligi butun dunyoda paxta hosilining katta miqdorda nobud bo`lishiga olib keladi. Shuning uchun ham mazkur kasallikka qarshi kurash choralari hamda unga chidamli paxta navlarini yaratish ikki davlat olimlari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi hamda AQSh Qishloq xo`jaligi departamenti olimlari paxta genomikasi va biotexnologiyasi sohasida uzoq yillardan beri hamkorlik qilib kelmoqdalar. 2003-2020 yillar davomida AQShdagi turli ilmiy dasturlar va fondlar yordamida jami haji 2 mln. dollarli 7 ta grant loyihalari amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik natijasida genomika va bioinformatika markazining 25 nafardan ortiq yosh olimlari AQShda stajirovka o`tab qaytdilar. Hozirda Genomika va bioinformatika markazi va AQSh Qishloq xo`jaligi departamenti olimlari tomonidan paxta fuzarioz viltini o`rganishga qaratilgan ilmiy loyiha doirasida qo`shma tadqiqotlar olib borilmoqda. Genomika va bioinformatika markazi olimlari fuzarioz va vertisillyoz viltga chidamli o`rta tolali paxtaning yangi gen-nokaut liniyalarini yaratganlar.

Boshqa yangiliklar