AsosiyJamiyat

OTMlarga qancha abiturient hujjat topshirgani ma`lum qilindi

'OTMlarga qancha abiturient hujjat topshirgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda qariyb 950 ming nafar abiturient oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o`tgan yilgi ko`rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta`limga hujjat topshirgan.

22 iyul kuni O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlari yakunlandi. Davlat test markazining ma`lumotlariga ko`ra, 2021−2022-o`quv yili imtihonlarida qatnashish uchun ro`yxatdan o`tgan abiturientlar soni 948 ming 211 nafarni tashkil etadi. Bu 2020 yilga nisbatan 535 ming yoki 36,1 foizga kam. Ma`lumot uchun, 2019 yilda 1 million 66 ming 925 nafar abiturient OTMlarga hujjat topshirgan.

Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha soni quyidagicha:

  • Kunduzgi ta`lim shakli — 479 627 nafar (kvota: 113 530);
  • Sirtqi ta`lim shakli — 435 995 nafar (kvota: 37 675);
  • Kechki ta`lim shakli — 32 589 nafar (kvota: 6 550).

Tillar kesimida:

  • O`zbek tili — 804 660 nafar;
  • Rus tili — 109 232 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 31 462 nafar;
  • Boshqa tillar — 2 857 nafar.

Bu statistika yakuniy bo`lib, unga test sinovi uchun to`lovni amalga oshirmagan, ta`lim yo`nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko`ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abiturientlar kiritilmagan.

Ma`lumot uchun, bu yil OTMlarning kunduzgi, sirtqi va kechki ta`limlari uchun jami 157 ming 175 ta kvota ajratilgan.

Bulardan:

  • kunduzgi ta`lim uchun: jami 113 ming 530 kvota (o`tgan yilgidan 9955 taga ko`p);
  • sirtqi ta`lim uchun: jami 37 ming 675 kvota (o`tgan yilgidan 6325 taga ko`p);
  • kechki ta`lim uchun: jami 6 ming 550 kvota (o`tgan yilgidan 1525 taga ko`p).

Davlat test markazi ro`yxatga olingan abiturientlar soniga oid OTMlar kesimidagi ma`lumotlarni ham taqdim etdi.

Eslatib o`tamiz, OTMlarga kirish test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o`tkaziladi. Shuningdek, test savollari soni qisqartirilib, majburiy fanlardan 10 tadan savol bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar