AsosiyJamiyat

Jizzaxlik karantin qoidalarini bajarishga majbur bo`lmagan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda

'Jizzaxlik karantin qoidalarini bajarishga majbur bo`lmagan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "Karantin qoidalarini bajarishga majbur bo`lmagan YPX xodimi " hamda “Jizzaxda YPX xodimlariga qonun o`qitilganmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan videolar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

Joriy yilning 31 iyul kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Norqulov tomonidan Jizzax shahar, Sharof Rashidov shoh ko`chasida 1.1 yo`l yotiq chizig`ini bosib harakatlanganligi uchun "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. Haydovchiga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan qog`oz shaklidagi bayonnoma va haydovchi bayonnomaga imzo qo`yishdan bosh tortganligi sabab dalolatnoma rasmiylashtirilgan.  

 

O`zaro muloqot jarayonida haydovchi tomonidan YPX xodimi tibbiy niqobini to`liq taqmaganligi va rasmiylashtirilgan bayonnomadan nusha olishga ruxsat bermaganligiga e`tiroz bildirilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar