AsosiyJamiyat

Bugun kunning ikkinchi qismida 3 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun kunning ikkinchi qismida 3 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarda kunning ikkinchi yarimida ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

 

    Boshqa yangiliklar