"Sputnik V" koronavirusiga qarshi emlashning ikkinchi komponenti O`zbekistonda vaqtincha bo`lmaydi. Rasmiylar vaksina yaqin orada mamlakatga kelishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz».
Nima uchun mamlakatda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi etishmayapti?
Bu savollar bilan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i Dilorom Tursunovaga murojaat qilingan.
«Ha, haqiqatan ham, bugun ‘Sputnik V’ vaksinasining ikkinchi komponenti yo`q, lekin tez orada olib kelinadi va birinchi dozani olgan har bir kishi ikkinchisini oladi», – dedi Dilorom Tursunova.
Tursunova Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va «Sputnik V» ishlab chiqaruvchisi vaksinalar orasidagi minimal oraliq 21 kun, maksimal esa 3 oyni tavsiya qilganini eslatib o`tdi.
«Bugungi kunga kelib, Rossiya tomoni vaksinalarni qabul qilish orasidagi maksimal muddatni 180 kungacha, ya`ni olti oygacha oshirdi. Men yurtdoshlarimizga aytmoqchimanki, hech kim xavotirlanmasin, biz uchun hamma narsa o`z kuchida qoladi, ya`ni interval 12 haftagacha davom etmaydi. Biz vaksinani kutamiz, u kelishi bilan uni darhol barcha davolash-profilaktika muassasalariga tarqatamiz», – deydi u.
Bundan avval O`zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgani, ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O`zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini quyish avgust o`rtalarida boshlanishi mumkin ekanligi xaqida xabar bergan edik.






