AsosiyJamiyat

Kelgusi yildan OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi

'Kelgusi yildan OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi'ning rasmi

“Respublika hududlarida gulchilik va ko`chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5209-son, 04.08.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinko`l, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod hamda Jizzax viloyatining Zomin va G`allaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtiriladi.

 Mazkur tumanlarda:  

 

  •  tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi;  

 

  •  gulchilik bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlarga 0,06 gektardan 1 gektargacha er maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga dehqon xo`jaligini yuritish maqsadlari uchun er uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratiladi;

 

  •  “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag`larning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi;

 

  •  “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga har birining maydoni 2 sotix bo`lgan 25 ta “Gulchilik o`quv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar er maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda) orqali ijaraga beriladi;

 

  •  “Gulchilik o`quv poligon”larida o`quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga 6 sotixdan er maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda) orqali ijaraga beriladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan 2021–2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSh dollardan ko`pni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xomashyo (gul ko`chatlari, urug`lari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi.

 2022/2023 o`quv yilidan:  

  •  qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi;

 

  •  Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bog`dorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi.

 

  • Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda ko`chatlarning yirik ulgurji bozori tashkil etiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar