O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o`zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo`lib emlangan. Bu haqdagi axborotni bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov «Daryo»ga tasdiqladi.
Ma`lum bo`lishicha, bosh vazir Abdulla Aripov o`zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021 yil boshida to`liq emlanib bo`lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so`ng hukumat rahbarida nojo`ya ta`sirlar sezilmagan.






