AsosiyJamiyat

Angrendagi ko`p qavatli uyning 6-qavatidagi xonadon yonib ketdi

'Angrendagi ko`p qavatli uyning 6-qavatidagi xonadon yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 5 avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahri 5/1 dahasida joylashgan to`qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.  

FVVning yong`in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida etib kelishgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong`inni o`chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolar evakuasiya qilingan.  

Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong`in soat 09:38 da to`liq bartaraf etilgan.  FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va xalok bo`lish xolatlariga yo`l qo`yilmagan.  

Yong`in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.   Hozirda mutaxassislar tomonidan yong`in sababi aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar