Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:
➖Agar surunkali kasallik avj olgan davr yoki o`rta yosh aholida surunkali kasallik endi aniqlangan va boshlanish davri bo`lsa, shu kasallik borasida tekshiruvdan o`tish va shifokor nazoratida davolanish kerak. Kasallik avj olgan davri o`tganidan so`ng vaksina olishga qarshiliklar yo`q deb shifokorlar tashxis qo`ysalar, keyin vaksina qilinadi.
Mastopatiya va mioma, buyrakda shamollash alomatlari mavjudligida umumiy peshob tahlili asosida cheklanishlar belgilanadi. Oilaviy shifokor hamda ginekolog, mammolog, nefrologlar ko`rigidan o`tib, salomatlik holatingiz to`liq baholanganda va shifokorlar umumiy xulosasi asosida vaksina olishingiz mumkin bo`ladi.






