Andijonda "Lasetti"ga to`qnashgan yuk avtomobili uy devorini buzib kirib ag`darildi.
YHXBB ning ma`lumot berishicha, joriy yilning 5 avgust kuni soat 06:00 larda Andijon tumani, Xakan QFY hududidan o`tgan yo`lda haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan I.A. "Zil-131" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda bo`lgan 1989 yilda tug`ilgan I.B. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtomobilga to`qnashib boshqaruvni yo`qotgan va atrofdagi uy devorini buzib kirgan. Oqibatda avtomobil ag`darilgan.
YTH natijasida yuk avtomobil haydovchisiga shifoxonaga olib borilgan va birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Shu o`rinda, YHXBB barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.






