AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatishda mobil guruhlar faoliyati kengaytiriladi

'Maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatishda mobil guruhlar faoliyati kengaytiriladi'ning rasmi

 

“Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, 2021–2022 o`quv yilidan respublikaning barcha hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko`rsatish tizimi joriy etiladi.  

 Qaror bilan Maktabgacha ta`lim mobil guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  

 Mobil guruhlar zamonaviy talablarga javob beradigan va belgilangan normativlarga muvofiq qayta jihozlangan maxsus avtotransportlar – avtobuslar bazasida tashkil etiladi.

 Bir mobil guruhdagi bolalar soni kamida 16 nafar, ko`pi bilan 30 nafar bo`lishi lozim.  

 Mobil guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:

  •  bolaning qonuniy vakillari arizasi;
  •  tuman (shahar) maktabgacha ta`lim bo`limlari tomonidan beriladigan yo`llanma;
  •  bola sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnoma.

Mobil guruhlarda o`quv yili har yili 2 sentyabrdan kelgusi yilning 31 mayigacha hamda yozgi sog`lomlashtirish davri 1 iyundan 31 avgustgacha hisoblanadi.

1 smenadagi mashg`ulotlar davomiyligi 3 soatgacha bo`lishi lozim.  

Mobil guruhlarda davlat maktabgacha ta`lim xizmatlari bepul ko`rsatiladi.  

Mobil guruhlarning ish tartibi 1 kunda 3 smenagacha, hafta davomida 6 kungacha amalga oshirilishi mumkin.  

Eslatib o`tamiz, 2019 yil 18 sentyabrdagi Hukumat qaroriga asosan, 2019-2020 o`quv yilidan boshlab, tegishli 13 ta tumanda zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida mobil guruhlar tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan. 

    Boshqa yangiliklar