Milliy rassomlik va dizayn institutiga o`qishni ko`chirish bo`yicha o`tish bali — 70,56 ball etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Badiiy akademiya tasarrufidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga xorijiy OTM, shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat OTM talabalari o`qishini ko`chirishda o`tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`yicha o`tish bali 70,56 ball (56%) etib belgilandi.
Shuningdek, o`qishini ko`chirishda hozirga qadar e`lon qilingan o`tish ballari:
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
Sog`liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi OTM uchun — 100 ball;
Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball;
Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
Navoiy davlat konchilik instituti va institutning Nukus filiali uchun — 66,1 ball;






