Bugun ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi "Sputnik V",
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 9,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.






