Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yo`lovchi samolyoti noma`lum shaxs tomonidan qo`lga olingach, Kiprdagi Larnaki aeroportiga qo`ndirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur ma`lumotni Kipr tashqi ishlar vazirligi va Egypt Air aviakompaniyasi vakillari ham tasdiqlagan.
Samolyot Iskandariya-Qohira yo`nalishida parvozni amalga oshirayotgan edi. Laynerning bortida 51 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zolari bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, noma`lum erkak kishi agar uning talablari bajarilmasa o`zini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.
Samolyot kapitani Qohiradagi dispetcherlarga samolyot qo`lga olingani va Kiprga qarab uchayotgani haqida xabar berishga ulgurgan.





