AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi

'Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi'ning rasmi

Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o`z ishini boshladi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva ishtirok etmoqda.

Majlisda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqoti deklarasiyasini qabul qilish va Etakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar