O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan issiq ob-havo bo`lishi davom etadi, faqat eng chekka sharqiy hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishi ehtimoli hali ham saqlanib turadi, buning natijasida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida va respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg`ir yog`adi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35-39° gacha isiydi, bu ushbu kun haroratining me`yoriy qiymatlaridan 3-4° ga yuqori bo`ladi.
Dam olish kunlarida tekislik hududlari bo`yicha quruq issiq saqlanib turadi, faqat respublikaning tog`li hududlarida mahalliy yomg`irlar kuzatiladi. Havo harorati kechalari 20-25°, kunduz kunlari 35-40°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha atrofida bo`lishi saqlanib turadi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga 6-8 avgust kunlarida respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.






