Bugun "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining iste`dodli jurnalisti Ilhom Avazov bevaqt olamdan o`tdi.
Ilhom Avazov o`zining bilimi, keng dunyoqarashi, serg`ayratligi bilan alohida ajralib turgan. Telekanal rivoji uchun o`zining beminnat hissasini qo`shib kelayotgan jonkuyar inson, mehnatkash ijodkor edi. U o`zining xushmuomalasi, samimiyligi bilan telekanal jamoasining mehrini qozongan.
darakchi.uz marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.






