AsosiyDunyo

Prezident Markaziy Osiyo davlatlarida transport qatnovlarini to`liq tiklash muhim ekani qayd etdi

'Prezident Markaziy Osiyo davlatlarida transport qatnovlarini to`liq tiklash muhim ekani qayd etdi'ning rasmi

6 avgust kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvda Davlatimiz rahbari dolzarb masalalar yuzasidan o`z nuqtai nazarini bayon qildi va qator takliflarni ilgari surdi.

Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish mintaqa mamlakatlarining umumiy strategik manfaatlariga mos keladi. Keng rivojlangan va integrasiyalashgan transport tizimi Evroosiyo qit`asining muhim tranzit xabiga aylanishga qodir.

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari amaldagi transport yo`laklari va infratuzilmasini, shu jumladan Kaspiy dengizi portlari, yirik transchegaraviy logistika markazlarini imkon qadar to`liq quvvat bilan ishlashini ta`minlashga chaqirdi.

Bundan tashqari, davlat rahbari O`zbekiston kelajakda “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshavor” transafg`on yo`lagi, “Xitoy – Qirg`iziston - O`zbekiston” avtomobil va temir yo`llari imkoniyatlaridan foydalanish niyatida ekanligini bildirgan.

Shuningdek, sanitariya talablariga rioya qilgan holda transport qatnovlarini to`liq tiklash muhim ekani qayd etgan.

 

    Boshqa yangiliklar