AsosiyJamiyat

O`zbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

'O`zbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi'ning rasmi

Hozirgina ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:  

  • 370 ming dozasi "Sputnik V",  
  • 710 ming dozasi AstraZeneca,  
  • 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

Eslatib o`tamiz, shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shuningdek, kecha emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinasiya bo`yicha rekord o`rnatildi. 

Boshqa yangiliklar