AsosiyJamiyat

MIB: Fuqarolardan 7 oyda 37 mlrd 300 mln so`mlik aliment pullari undirildi

'MIB: Fuqarolardan 7 oyda 37 mlrd 300 mln so`mlik aliment pullari undirildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ijro hujjatlari bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 7 oyida moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 37 mlrd 300 mln so`mlik aliment pullari undirildi, 4 mlrd 200 mln so`mlik (31 ta) uy-joy va 1,5 mlrd so`mlik (15 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to`lov sifatida berilishi ta`minlandi.

Hozirda, yagona axborot tizimiga 293 mingdan ziyod aliment oluvchi va to`lovchi haqidagi ma`lumotlar kiritilib, ijro harakatlarini «onlayn» rejimda tanishib borish imkoni yaratildi.

Respublikamizdagi har bir aliment oluvchi nomiga bank hisob-varag`i ochilib, ularga 98 ming dona plastik kartochka tarqatildi.

Shuningdek, aliment to`lash uchun istagi bo`lib, ish masalasida echim topolmagan 34 ming 402 nafar ishsiz aliment to`lovchining ish bandligi hal qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar