Biznes-ombudsman tadbirkorning mulkiy huquqi buzilishi yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga nisbatan kiritilgan da`vo bo`yicha sudda yutdi.
Oliy sud qarori bilan Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Fayz” MChJning (nomi o`zgartirilgan) er maydoniga bo`lgan huquqlarini tiklash vazifasi Samarqand shahar hokimligiga yuklatildi.
Yuqoridagi er maydoni tadbirkorga 2016 yilda ajratilgan. Keyinchalik Samarqand shahar hokimining yangi qarori bilan mazkur er maydoni tadbirkorning xabarisiz qo`shni liseyga doimiy foydalanishga berib yuborilgan.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorning manfaatida kiritilgan shikoyatini qanoatlantirish Jomboy tuman ma`muriy sudi, keyinchalik esa Samarqand viloyat ma`muriy sudi tomonidan rad etilgan. Natijada, ish Oliy sud tomonidan ko`rilib, tadbirkorning manfaatiga zid ravishda chiqarilgan shahar hokimining qarori haqiqiy emas deb topildi.






