ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi SARS-CoV2 (RBD) ning S oqsilni bog`lovchi domenga yo`naltirilgan bo`lib, RBD oqsilining rekombinant ekspresiyasi orqali odamlarda neytrallashtiruvchi antitanachalarni keltirib chiqaradi va SARS-CoV2 ni ho`jayin hujayra yuzasida ACE2 reseptori bilan bog`lanishini bloklaydi va infeksiyaning oldini oladi.
Rekombinant oqsil subbirliklariga asoslangan vaksina kafolatlangan bioxavfsiz virusli nuklein kislotalarning komponentlarini o`z ichiga olmaydi. Vaksinani yaratishda an`anaviy monomerli RBD bilan taqqoslaganda immunogenlikni sezilarli darajada oshiradigan dimerli RBD noyob patentlangan texnologiyasidan foydalanilgan.
Maxsus antigenni ekspresiya qilish uchun genlarni rekombinasiya qilish texnologiyasi – ya`ni gepatit V va E, papilloma, gerpes bilan bog`liq va boshqalarga qarshi vasinalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologiyadir.
Ushbu texnologiya sababli boshqa koronavirusli vasinalardan farqli o`laroq, ZF-UZ-VAC2001 preparatini odatdagi sovutgich kameralarida qulay tarzda saqlash va tashish mumkin, chunki u o`ta past harorat sharoitlarini talab qilmaydi. Tavsiya etilgan harorat oralig`i 2-8°C bo`lib, ikki yilgacha saqlanishi mumkin.






