Kecha, 6 avgust kuni O`zbekistonda 912 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
2021 yil 6 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 135738 (+912) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 95 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 45 nafari Andijon viloyatida,
- 20 nafari Buxoro viloyatida,
- 92 nafari Jizzax viloyatida,
- 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 17 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 99 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 94 nafari Farg`ona viloyatida,
- 36 nafari Xorazm viloyatida,
- 95 nafari Toshkent viloyatida,
- 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 95 nafar,
- Andijon viloyatida 110 nafar,
- Jizzax viloyatida 108 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
- Namangan viloyatida 23 nafar,
- Samarqand viloyatida 132 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 47 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 91 nafar,
- Farg`ona viloyatida 99 nafar,
- Xorazm viloyatida 49 nafar,
- Toshkent viloyatida 92 nafar,
Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 129182 (+991) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 923 nafarni tashkil qildi.






