Kecha, 6 avgust kuni 497 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 14028 nafarga etdi. Kecha ularning 562 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 6608 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 93 nafarga etdi.
Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog`ayish ko`rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.






