AsosiyDunyo

Janubiy Afrikaning sudlanayotgan sobiq prezidenti kasalxonaga tushib qoldi

'Janubiy Afrikaning sudlanayotgan sobiq prezidenti kasalxonaga tushib qoldi'ning rasmi

 Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Jeykob Zuma Estkur shahridagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun Zuma sudga hurmatsizlik aybi bilan 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.

 79 yoshli sobiq prezident Zuma o`ziga nisbatan korrupsiya bo`yicha sud jarayoni boshlanishidan bir necha kun oldin kasalxonaga tushgan.

 "Har bir mahbus, hatto jazosi qonuniy kuchga kirgan mahkum ham, jazoni o`zining insoniy qadr-qimmatini, shu jumladan, davolanish huquqini hurmat qilish bilan o`tashga haqli", — deyiladi Jazoni ijro etish vazirligi bayonotida.

Xabarlarga ko`ra, Zumaning ahvoli qoniqarli. Ammo, uning qanday kasal bilan og`rigani ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar