Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi xususiy bog`chalarning birida 1 yoshli go`dak kaltaklangani aytilgan videolavha tarqalgan.
Samarqand viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi Axborot xizmati bu bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi.
Unga ko`ra, bu holat Samarqand viloyatida ro`y bermagan.
"Videoda qaysi MTT, manzili qaysi ekanligi ham aytilmagan", -deyiladi xabarda.






