“Turkiston” saroyida 29 mart kuni “Namunali milisiya tayanch punkti” ko`rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo`lib o`tdi.
Ko`rik-tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g`olib bo`lgan 14 milisiya tayanch punkti ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko`ra Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “Istiqlol” mahallasidagi 294-sonli, Andijon viloyati Oltinko`l tumani “Dalvarzin” mahallasidagi 194-sonli, Buxoro viloyati Romitan tumani “Romitan” qishloq fuqarolar yig`inidagi 94-sonli, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani “Qilchinoq” ovulidagi 199-sonli milisiya tayanch punktlari g`oliblikni qo`lga kiritdi.
G`oliblarga “Matiz” avtomobillari topshirildi.
Tanlovda bir qator nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.





