Avvalroq, o`zbekistonlik o`quvchi (IPhO) Xalqaro fizika olimpiadasida g`olib bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilda o`tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) va Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) O`zbekistonlik yoshlar jami 10 ta medalni qo`lga kiritishgan. Shundan 3 tasi oltin, 2 tasi kumush va 5 tasi bronzadir.
O`tgan yillarga qaraydigan bo`lsak, 2020 yilda jami 6 ta medal — 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza; 2019 yilda 8 ta medal — 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari qo`lga kiritilgan.
Bu yilgi natijalar esa, O`zbekiston tarixida ilk marta qayd etilgani aytilmoqda.