O`zbek futboli rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shgan Qashqadaryo viloyati futbol assosiasiyasi sobiq vise-prezidenti Norqul Daminov vafot etdi.
Bu haqda O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi xabar berdi.
"Marhumning yaqinlari va oila-a`zolariga chuqur ta`ziya va hamdardlik bildiramiz. O`tganlarning oxirati obod bo`lsin!", deyiladi xabarda.






