O`zbekistonda so`nggi kunlarda vaksinasiya jarayonlari har qachongidan ham samarali davom etmoqda. Bu esa insonlarning emlash borasidagi qarashlari ijobiy tomonga o`zgarayotgani, o`zlari va yaqinlarining sog`ligiga jiddiy qarashayotganini bildiradi.
SSV matbuot xizmatiga ko`ra, so`nggi 5 kunda emlash punktlarida 1 544 882 million doza vaksina qo`llanilgan.
Ularning 1 215 076 dozasi bilan birinchi marta vaksina olgan fuqarolar emlangan.
Joriy yilning 2-6 avgust kunlarida qo`llangan vaksinalarning:
- 8 886 dozasi "Sputnik V";
- 804 029 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 731 967 dozasi Moderna vaksinasidir.
Ma`lum bo`lishicha, shu kunlar oralig`ida 87 149 nafar aholi koronavirusga qarshi to`liq emlangan.






