AsosiyJamiyat

Test sinovlarining ikkinchi kun natijalari e`lon qilindi

'Test sinovlarining ikkinchi kun natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

2021-yil 6-avgust kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi ma`lum qildi.

6-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

  • my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqaminiki kiritgan holda.
  • mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning  ID raqamini kiritgan holda.

 Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning  ID raqamini yuborgan holda:

 

  • @mandat2021bot
  •  @mandat_2021_1_bot
  • @mandat2021_2_bot
  • @mandat2021_3_bot
  •  @mandat2021_4_bot

 

Abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

    Boshqa yangiliklar