AsosiyJamiyat

Sherzodxon Qudratxo`ja O`zbekistonda saylovlar paytida koronavirus infeksiyasi pasayishi mumkinligini aytdi

'Sherzodxon Qudratxo`ja O`zbekistonda saylovlar paytida koronavirus infeksiyasi pasayishi mumkinligini aytdi'ning rasmi

Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasining jurnalistlar bilan galstuksiz suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz" jurnalisti xabar berdi. 

OAV vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda MSK raisi Zayniddin Nizamxo`jaev, MSK raisi o`rinbosari Baxrom Kuchkarov va MSK a`zosi Sherzodxon Qudratxo`ja yig`ilganlarning savollariga javob berdi.

Tadbir davomida Sherzodxon Qudratxo`ja jurnalistning pandemiya davrida saylovlarni qanday tashkil qilish to`g`risidagi savolga javob berdi

"Biz Qozog`istondagi Prezident saylovlarida bo`ldik. Saylovlar juda chiroyli tashkillashtirilgan. Hamma saylov uchastkasida saylovchilarga qo`lqop va antiseptiklar berildi.  

Qolaversa, men shifokorlar bilan gaplashdim. O`zbekistonda koronavirus infeksiyasining keng ko`lamda tarqalishi shu ikki haftada tugaydi. Bu yog`i pasayishga tushadi. Oktyabr oyiga borganda epidemik vaziyat bugungidan yaxshi bo`ladi",–dedi Sherzodxon Qudratxo`ja.

Boshqa yangiliklar