AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 10 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 10 million dozadan oshdi'ning rasmi

7 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 470 968 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 
Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 382 552 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 67 728 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 20 688 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 10 025 226 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 6 829 079 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 2 308 175 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 887 972 nafarni tashkil qildi.  

️Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 341 693 nafarni tashkil qilmoqda.

7 avgust kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Samarqand viloyati (68 956 doza),  

Qashqadaryo viloyati (52 115 doza),

Andijon viloyati (50 328 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Farg`ona viloyatida 1 202 379 doza,  

Namangan viloyatida 1 196 489 doza,  

Andijon viloyatida 1 092 578 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Boshqa yangiliklar