Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 4 yoshli qizaloq tiko urib yuborishidan vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea 4 avgust kuni tumanning “Bog`iston” MFY hududidan o`tuvchi 4-N-16 avtomobil yo`lining 7-kilometrida sodir bo`lgan. Boshqa shaxsga tegishli Tico`ni ishonchnomasiz, katta tezlikda haydab ketayotgan 22 yoshli yigit yo`lni kesib o`tayotgan qizchani urib yuborgan.
Oqibatda qizaloq olgan og`ir tan jarohatlarida tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limida vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, vafot etgan qizaloq hodisa sodir bo`lgan mahallada xolasining uyiga mehmonga kelgan bo`lgan. U qarovsiz qolib ketishi oqibatida avtomobil yo`liga chiqib ketgan. Haydovchi esa malakasizligi, mashinada belgilangan tezlikdan ortiq harakatlangani oqibatida ushbu YTH sodir bo`lgan.






