2021-yilning 2-8 avgust kunlari universitet talabalari o`rtasidagi 28-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematics Competition) onlayn bo`lib o`tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSh), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.
O`zbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba ham ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, 100% lik natija ko`rsatdi.
Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qo`lga kiritishdi.
G`olib talabalarimiz bilan tanishing.
Oltin medal:
1️⃣ O`zbekiston milliy universiteti talabasi — Abdushukur AHADOV;
2️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jasurbek IMOMOV;
3️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Maftuna SAMATBOEVA;
4️⃣ Urganch davlat universiteti talabasi — Islombek ISMOILOV;
5️⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — Kamal SADIKOV.
Kumush medal:
1️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Shahzod QUROQBOEV;
2️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Doniyor YaZDONOV;
3️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURAEV;
4️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir NORBOEV;
5️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Davrbek OLTIBOEV;
6️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi — Abdumalik ABDUQAYuMOV.
Bronza medal:
1️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Laziz ABDULLAEV;
2️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Nilufar RAJABOVA;
3️⃣ Guliston davlat universiteti talabasi — Olimjon JALILOV;
4️⃣ O`zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURSUNBOEV.
Shuningdek, O`zbekiston Milliy universiteti talabalari Javohir ISKANDAROV va Nodirbek G`AFFOROVlar faxriy yorliqqa sazovor bo`lishdi.
Bundan tashqari, Qarshi davlat universiteti talabalari ham yakka tartibda mustaqil ishtirok etib, Asror JABBOROV bonza medal, Jahongir XOLMONOV va Sardor SAIDOVlar maxsus sertifikatga ega bo`lishdi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi talabalarni mazkur yutuq bilan qutlab, ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan ustozlar Behzod Qurbonboev (Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga (O`zMU) o`z minnatdorchiligini bildiradi.






