AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya qarori: xodimlari kamida 2 doza vaksina olmagan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati to`xtatiladi

'Maxsus komissiya qarori: xodimlari kamida 2 doza vaksina olmagan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati to`xtatiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi. 

Unga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik va xizmat ko`rsatish sub`ektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat`iy nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to`g`risidagi sertifikati bo`lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko`rsatishi vaqtinchalik to`xtatiladi.

Eslatib o`tamiz, 2021 yil 10 avgustdan e`tiboran:

  • umumiy ovqatlanish ob`ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat`i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to`g`risidagi sertifikati bo`lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi.
  • Bunda umumiy ovqatlanish ob`ektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to`g`risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo`lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etiladi (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lgan xodimlari bundan mustasno).

    Boshqa yangiliklar