AsosiyJamiyat

Avgust oyida kimlarga 500 ming so`mdan bir martalik moddiy yordam beriladi

'Avgust oyida kimlarga 500 ming so`mdan bir martalik moddiy yordam beriladi'ning rasmi

 Avval xabar berganimizdek, “Kam ta`minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2021 yil avgustida quyidagilarga 500 ming so`m  bir martalik moddiy yordam beriladi .

- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to`lmagan farzandlariga;

- nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga.

Moddiy yordam mablag`lari:

➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha farzandlari uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlari orqali 25 avgustgacha;

➖ boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi va nafaqasi oluvchi oilalarning 18 yoshga to`lmagan farzandlariga, nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga nafaqa va pensiya to`lovchi organlar (pensiya bo`limi, mudofaa, favqulodda vaziyatlar, milliy gvardiya, bojxona, sud, IIB, DXX organlari) tomonidan to`lanadi.

 

    Boshqa yangiliklar