AsosiyJamiyat

Olimpiyachilarni kutib olish marosimi sabab Toshkentda ayrim ko`chalar yopiladi

'Olimpiyachilarni kutib olish marosimi sabab Toshkentda ayrim ko`chalar yopiladi'ning rasmi

O`zbekistonlik olimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimi vaqtida poytaxtda ayrim ko`chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashgan O`zbekiston delegasiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 20:00 da etib kelishi rujalashtirilgan. Delegasiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo`mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi. Shu sababli, 9 avgust kuni soat 21:00 dan soat 23:00 ga qadar:

- Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Qumariq ko`chasiga chiqishdan boshlab Qumariq ko`chasi bo`ylab Bobur ko`chasi kesishmasigacha;

- Qumariq va Bobur ko`chalari kesishmasidan Bobur ko`chasi bo`ylab Nukus va Bobur ko`chalari kesishmasigacha;

- Nukus va Bobur ko`chalari kesishmasidan Nukus ko`chasi bo`ylab Nukus va Oybek ko`chalari kesishmasigacha;

- Oybek va Nukus ko`chalari kesishmasidan Oybek hamda Afrosiyob ko`chalari bo`ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko`chalari kesishmasigacha;

- Afrosiyob va Sharof Rashidov ko`chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko`chasi bo`ylab Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko`chalari kesishmasigacha;

- Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko`chalari kesishmasidan Alisher Navoiy ko`chasi bo`ylab Alisher Navoiy va Amir Temur ko`chalari kesishmasigacha;

- Alisher Navoiy va Amir Temur ko`chalari kesishmasidan Amir Temur ko`chasi bo`ylab Amir Temur va Islom Karimov ko`chalari kesishmasigacha;

- Amir Temur va Islom Karimov ko`chalari kesishmasidan Islom Karimov ko`chasi bo`ylab Islom Karimov va Botir Zokirov ko`chalari kesishmasigacha;

- Islom Karimov va Botir Zokirov ko`chalari kesishmasidan Botir Zokirov ko`chasi bo`ylab ushbu ko`chada joylashgan O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi binosigacha bo`lgan yo`l transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etilmokda.

    Boshqa yangiliklar