AsosiyJamiyat

Ohangarondagi YPX xodimi va avtobloger vaziyati yuzasidan tekshiruv o`tkazildi

'Ohangarondagi YPX xodimi va avtobloger vaziyati yuzasidan tekshiruv o`tkazildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Ohangaronda YPX xodimi mashinani to`xtatdi. Keyin rulda o`tirgan avtobloger Bobur G`anievni tanib qoldi" sarlavhasi ostidagi video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazildi

Tekshiruv xulosasiga ko`ra, xizmati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablariga rioya qilmaganligi uchun YPX xodimi U.Boboxodjaev va S.Sultonovlarning xatti-harakati Toshkent viloyati IIBB Ikkinchi mintaqaviy hudud intizomiy kengashida ko`rib chiqilishi to`g`risida xulosa qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar