Soha mutaxassislarining xabar berishicha, haftaning katta qismida respublika hududlari bo`yicha asosan kam bulutli ob-havo bo`ladi. Havo harorati kechalari 18-23°, kunduz kunlari 33-38°, bu ushbu davr me`yoridan biroz yuqori bo`ladi.
Payshanba va juma kunlari Qozog`iston hududi orqali Ural hududlaridan O`zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo`ladi, lekin yomg`ir yog`ish ehtimoli kam. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o`zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35° gacha pasayadi va iqlimiy me`yorga yaqinlashadi.






