Bugun, 9 avgust kuni soat 18:17 da Toshkent shahri Chilonzor tumani “Guliston” dahasida joylashgan 55-sonli 9 qavatli uyning 3-qavatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, voqea joyiga zudlik bilan FVVning yong`in-qutqaruv guruhlari etib kelishgan va yong`in 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in qo`shni xonadonlarga tarqalib ketishi oldi olingan.
Yong`in natijasida xonadonning 20 kv.metr maydoni zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q.






