Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida transport vositalari haydovchilariga qulayliklar yaratuvchi quyidagi yangiliklar ko`zda tutilgan:
- haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qo`llarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanish huquqi berilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qo`llanilgandan so`ng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda;
- avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) o`rnatganlik uchun ma`muriy javobgarlik bekor qilinmoqda;
- haydovchilarga, agarda ularning O`zbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida bo`lsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasportni, sug`urta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilmoqda;
Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi to`htatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integrasiya ishlarini 2021 yil 1 dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.
harakat tezligini o`lchashda, tezlikni o`lchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik ko`rsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash bo`yicha qoida joriy etilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:






