AsosiyJamiyat

Ayrim huquqbuzarliklar bo`yicha jarimalar miqdori kamaytirilmoqda

'Ayrim huquqbuzarliklar bo`yicha jarimalar miqdori kamaytirilmoqda'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning beshta moddasidagi ma`muriy huquqbuzarlik uchun jarimalarni keskin kamaytirish nazarda tutilmoqda.

 Xususan:

  •  muddati o`tgan sug`urta polisi yoki sug`urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 245 ming so`m, endilikda 122,5 ming so`m etib taklif etilmoqda);
  • transport vositalari egalari tomonidan sug`urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga (amalda 245 ming so`m, endilikda 122,5 ming so`m etib taklif etilmoqda), mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga (amalda 735 ming so`m, endilikda 490 ming so`m etib taklif etilmoqda) kamaytirilmoqda;
  •  fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o`tkazish uchun jarima miqdori BHMning o`n baravaridan (2 mln 450 ming so`m) yigirma baravarigacha (4 mln 900 ming so`m) bo`lgan miqdor oralig`ida belgilanmoqda (amalda qat`iy miqdorda – 4 mln 900 ming so`m etib belgilangan);
  •  buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 1 mln 200 ming so`mdan 2 mln 400 ming so`mgacha, endilikda 735 ming so`mdan 1 mln 700 ming so`mgacha, bir yil ichida qayta sodir etilganda amalda 2 mln 400 ming so`mdan 4 mln 900 ming so`mgacha, endilikda 1 mln 700 ming so`mdan 2 mln 400 ming so`mgacha etib belgilash taklif etilmoqda);
  •  yo`lovchilarni lisenziyasiz tashish bilan shug`ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda (amalda fuqarolar uchun  4 mln 900 ming co`mdan 24 mln 500 ming so`mgacha, endilikda 1 mln 700 ming so`m etib, mansabdor shaxslar uchun 12 mln 200 ming so`mdan 36 mln 700 ming so`mgacha bo`lsa, endilikda 7 mln 300 ming so`m etib belgilash taklif etilmoqda);
  • pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham ko`proqqa kamaytirilmoqda (223-modda);
  • O`zbekiston fuqarosi pasport olmaganligi yoki uning shikastlanishi, yo`qolganligi, shuningdek, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxsning O`zbekistonda yashash
  • guvohnomasi bo`lmaganligi, yashash guvohnomasining shikastlangani yoki yo`qolganligi uchun amaldagi 122 ming so`mdan 735 ming so`mgacha bo`lgan jarima miqdori 81,6 ming so`mdan 245 ming so`mgacha bo`lgan miqdorgacha etib belgilash taklif qilinmoqda;
  • Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro`yxatdan o`tmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat
  • berganlik uchun amaldagi 2 mln 400 ming so`mdan 735 ming so`mgacha etib belgilash taklif qilinmoqda.

 

  Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

 

 https://regulation.gov.uz/uz/d/48571

    Boshqa yangiliklar