AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 891 kishida koronavirus, 457 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami 11 nafar bemor vafot etdi

'Kecha O`zbekistonda 891 kishida koronavirus, 457 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami 11 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 9 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138382 (+891) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 83 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 88 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 46 nafari Xorazm viloyatida,
  • 91 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

🔹Qoraqalpog`iston Respublikasida 93 nafar,

🔹Andijon viloyatida 95 nafar,

🔹Buxoro viloyatida 18 nafar,

🔹Jizzax viloyatida 101 nafar,

🔹Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,

🔹Navoiy viloyatida 64 nafar,

🔹Namangan viloyatida 40 nafar,

🔹Surxondaryo viloyatida 99 nafar,

🔹Farg`ona viloyatida 89 nafar,

🔹Xorazm viloyatida 53 nafar,

🔹Toshkent viloyatida 93 nafar,

🔹Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 131781 (+875) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi.

2021 yil 9 avgust kuni 457 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 15399 nafarga etdi. Kecha ularning 584 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 8121 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 103 nafarga etdi.

Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog`ayish ko`rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar