AsosiyJamiyat

Surxondaryoda "ZIL" yuk mashinasi teplovoz bilan to`qnashdi. Oqibatda... (video)

'Surxondaryoda "ZIL" yuk mashinasi teplovoz bilan to`qnashdi. Oqibatda... (video)'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida "ZIL" yuk mashinasi teplovoz bilan to`qnashgan. Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 8 avgust kuni soat 22:30larda Surxondaryo viloyatida joylashgan Sho`rchi-Elbayon temiryo`l bekatlari oralig`ida joylashgan temiryo`l kesishmasida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Qayd etilishicha, M41 xalqaro avtomobil yo`lidan qo`riqlanmaydigan temiryo`l kesishmasiga yaqinlashib kelgan "ZIL" yuk mashinasi haydovchisi zaxiradagi teplovoz harakatlanib kelayotganini ko`rib, temiryo`ldagi svetoforning ogohlantirish chirog`iga amal qilmasdan o`tib ketishga uringan. Ammo ulgura olmagan va teplovoz yuk mashinasini urib yuborgan.

Oqibatda "ZIL" yuk mashinasi haydovchisi, 1978 yilda tug`ilgan fuqaro og`ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar