9 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 638 058 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 558 416 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 69 138 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 10 504 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 10 663 284 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 7 387 495 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 377 313 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 898 476 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 360 237 nafarni tashkil qilmoqda.
9 avgust kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (115 524 doza),
- Qashqadaryo viloyati (73 505 doza),
- Andijon viloyati (66 409 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Namangan viloyatida 1 244 319 doza,
- Farg`ona viloyatida 1 240 161 doza,
- Andijon viloyatida 1 158 987 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.





