AsosiyJamiyat

Besh oydan so`ng eski haydovchilik guvohnomalari yaroqsiz bo`lib qoladi. Uni yangisiga almashtirish uchun elektron ariza yuborish mumkinmi?

'Besh oydan so`ng eski haydovchilik guvohnomalari yaroqsiz bo`lib qoladi. Uni yangisiga almashtirish uchun elektron ariza yuborish mumkinmi?'ning rasmi

 Bu — hozirgi kunda eng ko`p berilayotgan savollardan biri. Chunki yana besh oydan so`ng eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yaroqsiz bo`lib qoladi.  Uni tezroq yangisiga almashtirish lozim.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi turdagisiga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish  imkoniyati mavjud.

Shuningdek, yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to`lovni elektron tarzda amalga oshirsa bo`ladi.  

 Yagona portal orqali ariza yuborgach, davlat xizmatlari markazlarida ishingiz juda tez bitadi.  

O`zingiz bilan quyidagi hujjatlarni olishni unutmang:

  • ️ Fuqarolik pasporti;

 

  • ️ Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;

 

  • Yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to`lov to`langanligini tasdiqlovchi to`lov qog`ozi.

    Boshqa yangiliklar