IIBB YHXB bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 10 avgust kuni soat 07:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor va Do`mbirobod ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan Sh.G. boshqaruvidagi "Gazel" rusumli hamda haydovchi 1952 yilda tug`ilgan K.Yu. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, "Gazel" avtomobili haydovchisi va olti nafar yo`lovchisiga, shuningdek "Lasetti" avtomobilining bir nafar yo`lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






